18:05 / 13.03.2020
2 919

«Damas» va «Labo» mikrovenlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi oshiriladi

«Damas» va «Labo» mikrovenlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Urganch shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yaqin uch yilda umumiy qiymati 24 trillion so‘mlik 2 ming 736 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 50 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Hazoraspdagi avtomobil zavodida «Damas» va «Labo» mikrovenlari ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasini 65 foizga yetkazish (hozir 27 va 14 foiz) bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Viloyatda kelgusi yilda paxtani qayta ishlash darajasini 100 foizga, ip-kalavani uch yilda bugungi 35 foizdan 70 foizga yetkazish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqiladi.

Malayziyalik investorlarning 250 million dollar sarmoyasi hisobidan yiliga 63 ming tonna kaustik soda va xlor ishlab chiqaradigan kimyo zavodi quriladi.

Suvdan unumli foydalanish, meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish, qovunchilikda «Xorazm navi» brendini yaratib, qovun yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Sayyohlik salohiyatini kengaytirish maqsadida Shovot kanalining ikki yonida kichik turizm zonasini, Xivada «Xorazm xonlari shaharchasi»ni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlatimiz rahbari milliy san’atimizni tarannum etish, xorijliklarni yurtimizga jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazishni taklif etdi. Bu tashabbusni xorazmliklar mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Damas» va «Labo» mikrovenlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi oshiriladi