
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq savollarga javob olish uchun tezkor raqam joriy etildi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan tashkil etilgan brifingda javob berildi.
Call-markaz xodimlari fuqarolarga tegishli maslahat va savollariga javoblar berib borishadi. Shu bilan birga o‘zida koronavirus alomatlari borligini his qilgan fuqarolarga tegishli ko‘rsatma beriladi.
Bunday holatda o‘zini noxush his qilgan shaxslar o‘z uyida qolishi va 1003 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralmoqda. Ya’ni, o‘zi kasalxonaga borgan taqdirda yo‘l-yo‘lakay boshqalar bilan aloqaga borish va kasallikni yuqtirish mumkin.
Yordam so‘rab 1003 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning oldiga tibbiyot xodimlari yetib borishadi va tegishli muolajalarni amalga oshiradi. Lozim bo‘lgan taqdirda tibbiyot transporti bilan kasalxonaga olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Abdulla Aripov xalqimizdan vahimaga tushmaslikni so‘radi va davlat tomonidan kerakli barcha oziq-ovqat hamda tibbiyot zaxiralari g‘amlab qo‘yilganini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar