
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi kurashda Xitoydan o‘rnak olishga chaqirdi va barchadan intizomli bo‘lishni so‘radi.
«Bugungi kunda faqat Xitoy koronavirusning o‘sishini to‘xtata oldi. O‘limlarni ham ortga qaytara oldi, ijobiy o‘zgartirishga erishdi, vaziyatni qo‘lga oldi. Nimaning hisobiga? Tartib-intizomning hisobiga. Xalqning to‘g‘ri tushungani hisobiga. Xitoyda ham boshida ancha qiyinchilik bo‘ldi. Hattoki ular karantin talablariga rioya etmaganlarga jinoiy javobgarlik joriy etib, maxsus qamoqxonalargacha olib borishdi.
Albatta, bizning mamlakatda bunday choralar haqida gap ketmayapti, lekin biz mana shu talablarga rioya etsak, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash imkoniga ega bo‘lamiz. Oila a’zolari, hamkasblari, mahalladoshlari yoki tengdoshlarini ham kuzatib, ularga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar