10:40 / 17.03.2020
3 665

Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini sindirdi

Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini sindirdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 16 mart kuni soat 00:50larda haydovchi, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan “UAZ” rusumli avtomashinasida A 373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 389-kilometrida boshqarib ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha viloyat IIB YXXB katta inspektori A.Bo‘stonov voqea joyiga borgan.
U haydovchi A.I.dan holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazayotgan vaqtida, haydovchi mast holatda xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, YPX inspektorining bodikamerasini yulib olib, yerga urib yaroqsiz holatga keltirgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini sindirdi