4 696
«Hammasi yolg‘on!» — Vazirlik O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqidagi xabarni rad etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Asosan Osiyodangi yangiliklarni yoritishga ixtisoslashgan Asia-times.org saytida «O‘zbekistonda bir keksa erkak koronavirusdan vafot etdi» (V Uzbekistane pervaya smert ot koronavirusa umer mujchina) sarlavhali xabar e’lon qilindi.
Unda 14 mart kuni koronavirus aniqlangan bemorlardan biri, keksa erkak 17 mart kuni vafot etgani haqida aytilgan. Xabarda manba sifatida «Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh sanitar vrachi Bahodir Yusupaliyev» nomi keltirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ushbu xabar bo‘yicha oydinlik kiritdi.
«Bu xabar mutlaqo asossiz, butkul yolg‘ondan iborat. Avvalo Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev bosh sanitar vrach emas, vazirning birinchi o‘rinbosaridir. Ikkinchidan, saytimizda bunday xabar umuman e’lon qilinmagan. Eng muhimi, O‘zbekistonda koronavirus tufayli o‘lim holati qayd etilmadi, qayd etilmasin ham.
Yana bir bor eslatib o‘taman, vazirligimiz bu borada barcha rasmiy ma’lumotlarni tezkorlik bilan e’lon qilib bormoqda, hamisha eshiklarimiz ochiq, nafaqat kunlik, balki soatlik axborotni yetkazib turibmiz. Yurtdoshlarimizdan yolg‘on axborot tarqatish uchun javobgarlik mavjudligini, xorijiy OAVda bu masalaga jiddiy yondoshishlarini so‘rab qolardim», deydi u.
O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonga koronavirus uchta reys orqali kirib keldi.
Birinchisi, 11 mart kuni Parij-Toshkent reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
Ikkinchisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (3 bemor).
Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (1 bemor).
Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 16 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston shifoxonalarida 641 kishi karantinda saqlanayotgani, shuningdek, 6 mingga yaqin kishi uy sharoitida karantinga olingani haqida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi