«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)

«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Farg‘onadagi dorixonalarda tibbiyot niqoblari aholiga bepul tarqatilmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani markazida joylashgan «Qalb shifo farm» dorixonasi rahbari Sirojiddin Turg‘unov «Virusni yengish uchun birlashamiz!» aksiyasini boshlagan va aholiga yordam tariqasida bepul tibbiy niqob tarqatmoqda.
«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Aksiyaga Dang‘ara tumanidagi «Ayubxon tekstil» korxonasi ham qo‘shilgan.
«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Korxona rahbari Dilshoda Usmonovaning ta’kidlashicha, «Ayubxon tekstil»da asosan erkaklar uchun kiyim-kechak va paypoq ishlab chiqariladi. Koronavirus sabab tibbiyot niqoblariga bo‘lgan talab oshgani bois, ayni paytda korxonada tibbiyot niqoblari ham ishlab chiqarilib, dorixonalarga 500 so‘mdan yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, tuman markazida maxsus savdo rastasi tashkil etilib, aholiga tibbiy niqoblar bepul tarqatilmoqda.
«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Bag‘dod tumani markazida joylashgan «Konizar farm» dorixonasida ham bepul tibbiy niqoblar tarqatish boshlangan. Tadbirkor Muxtorjon Ochildiyevning ma’lum qilishicha, 16 martdan beri har kuni Qo‘qon shahridan tibbiy niqob keltirib, bepul tarqatmoqda.
«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Aniqlanishicha, mazkur aksiya viloyatning Furqat, O‘zbekiston va Bag‘dod tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.
«Niqob bor. Bepul. Duoga». Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)
Foto: «Daryo»
Eslatib o‘tamiz, respublikadagi dorixonalarda tibbiyot niqoblari taqchilligi yuzaga kelgach,«O‘zto‘qimachiliksanoat» assotsiatsiyasi bunga javoban, O‘zbekistonda kuniga 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilayotganini, ularning soni 2 milliontaga yetkazilishini ta’kidlagandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar