4 930
O‘zboshimcha ayolga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi, u bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olindi
Qibray tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 1964 yilda tug‘ilgan M.T.ga (ayol) nisbatan MJtKning (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks) 54-moddasi («Karantinli va boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish») bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.
Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, ayol poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga o‘zida «COVID-19» virusi mavjud-mavjud emasligida tekshirish maqsadida qon tahlillarini topshirgan. Biroq tahlil natijalarini kutmasdan, belgilangan qoidalarni buzib, Qibray tumaniga keladi va bir necha fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladi.
Hamma balo shundaki, M.T.ning qon tahlillari natijalariga ko‘ra, unda «COVID-19» virusi alomatlari aniqlangan. Ayni paytda ayol maxsus tayyorlangan tibbiyot muassassasiga joylashtirilib, nazoratga olindi. Shuningdek, u borgan xonadon dizenfeksiya qilinib, muloqotda bo‘lgan 6 nafar fuqaro karantinga yotqizildi.
Ma’lum bo‘lishicha, M.T. shu yilning 12 mart kuni «COVID-19» virusi aniqlangan birinchi bemor N.M. bilan to‘y marosimida uchrashgani sababli tekshiruv zaruriyati tufayli shifoxonaga yuborilgan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi