18:30 / 23.03.2020
3 483

Viloyatlararo «post»lar vaqtincha ishlab turadi

Viloyatlararo «post»lar vaqtincha ishlab turadi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Qodirov yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari tiklanishini ma’lum qildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus shtabida tashkil etilgan brifingda karantin davrida aholi xavfsizligini ta’minlashda yuzaga keladigan qator masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.

«Karantin davrida viloyatlarda ilgari faoliyat yuritgan yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari vaqtincha faoliyat olib boradi.
Yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida bu chorani qo‘llaymiz. Shu maqsadda viloyatlararo yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari faoliyati vaqtinchalik tiklanadi.

Ularning vazifasi Toshkent shahriga kirib kelayotgan avtomobil haydovchilariga harakat cheklangani haqida (yangiliklardan bexabar bo‘lsa) axborot berishdir. Har bir viloyatdagi yo‘l harakati xavfsizligi maskanlarida ogohlantiruv va ma’lumot berish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.

Maskanlarda Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari birga hamkorlikda xizmat olib borishadi», deydi vazir o‘rinbosari Doniyor Qodirov. Transport vazirligi 23 mart kuni Toshkent shahriga kirish va chiqish ëpilishini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Viloyatlararo «post»lar vaqtincha ishlab turadi