Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati viloyat hududida hamshira koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq aynan hokimlikning koronavirus tarqalishiga qarshi ishlar to‘g‘risidagi 23 martdagi dastlabki rasmiy ma’lumotida hozirgacha viloyatda to‘qqiz kishida koronavirus aniqlangani, bemorlarning to‘qqizinchisi hamshira ekanligi ma’lum qilingan edi.
Keyinchalik bu xabar rad etildi: «Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on. Hurmatli bloger va jurnalistlar, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz hamda ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmasligingizni iltimos qilamiz.
To‘qqizinchi bemor hamshira ekani haqidagi axborot manbasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bo‘lib, ular texnik xatoga yo‘l qo‘ygan. Ayni vaqtda to‘qqizinchi bemorga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilinmagan». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi