Buxoroda katta yo‘lda harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» rusumli avtomashina portladi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, shu yilning 20 mart kuni soat 17:20 larda fuqaro I.N. (1970 y.t., sudlanmagan, shifokor) o‘z boshqaruvidagi «Nexia-3»ga Buxoro shahri Gazlishoh ko‘chasidagi «Yevro Metan» gaz quyish shaxobchasidan yoqilg‘i (metan) quyadi. So‘ng taxminan 1.500 metr masofa harakatlanib, «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» yo‘nalishining 223 km.ga yetganida avtomashinadagi gaz balloni portlab ketadi. Buning oqibatida mashinada bo‘lgan uch fuqaro - bir nafari (1970 y.t. ayol) hodisa joyida, ikki nafari (ona-bola) esa shifoxonada vafot etadi.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi («Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish») 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi