"Dori-Darmon"AK matbuot xizmati standart, virusdan ishonchli himoya xususiyatiga ega bo‘lgan bir martalik tibbiyot niqobi qanday talablarga javob berishi kerakligi haqida ma’lumot berdi.
Abrorbek Dadamirzayev, Iqtisodchi, farmatsevt:
— 3 qavatli, birinchi va uchinchi (ya’ni tashqi) qavatlari spanbond "SMMS" mato bo‘ladi. Bu mato juda yumshoq, allergiya qo‘zg‘ashi kam va burunni shilmaydi. Ikkinchi (ya’ni o‘rta filr vazifasini bajaruvchi) qavati "medblaun" bo‘ladi. Medblaun - ko‘rinishidan yumshoq qog‘ozga o‘xshash, noto‘qima, virus ushlash xususiyatiga ega material. Medblaunni sinov uchun yoqib ko‘rsangiz, erimaydi yoki yonmaydi, xuddi parlangandek yo‘q bo‘lib ketadi.
Esda tuting: Ko‘rinishidan "SMMS"ga o‘xshagan matolar ko‘p. Bular "S" va"SS" spanbond materiallaridir (p/s: kostyumni g‘ilofi "S" va "SS"dan tikiladi). "Medblaun", ya’ni filtr qavat o‘rniga ham "S" materialning oq ranglisini yoki nam salfetkaning materialini qo‘yib tibbiyot niqobini tikishmoqda. Bu kabi tibbiyot niqoblarining himoya hususiyati juda kam.
Iloj boricha dastgoh yoki konveyer usulda, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda ishlab chiqarilgan tibbiyot niqoblarini taqing, salomatligingiz o‘zingiz uchun bebaho ne’matdir.
Qo‘lbola usulda, tekshirilmagan sharoitlarda, har kim qo‘li bilan ushlab tikkan 1 yoki 2 qavatli filtrsiz tibbiyot niqoblarini sotib olishdan ehtiyot bo‘ling.
Standart talablarga javob beradigan tibbiyot niqoblarining maxsus blankda chop etilgan va muhr bosilgan "sanitar-epidemiologik xulosa"si bo‘ladi, shuni so‘rab, tekshirib olishga haqqingiz bor.
Standart tibbiyot niqoblarini sotuvdan topa olmagan taqdiringizda, o‘zingiz uy sharoitida tibbiy dokadan kamida 4 qavat qilib niqob tikib, aseptik usulda zararsizlantirib taqqaningiz ma’qul. Boshqalar tikib sotayotgan dokali niqoblarga ham ishonmang. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi