Foto: Prezident matbuot xizmati
Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan qutlov keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Maktubda, xususan, shunday deyilgan:
«Biz uchun yorqin va qadrli Navro‘z ayyomi munosabati bilan Siz va qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni bildiraman.
Muhtaram Shavkat Miromonovich! Bu bayram menga dilimdagi so‘zlarni yana bir bor Sizga yetkazish, har bir oilaga tinchlik va farovonlik, butun O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash imkoniyatini taqdim etganidan mamnunman. Men shaxsingizni yuksak qadrlayman, Siz, Janobi Oliylarining tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ma’naviy ildizlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dono maslahatlaringiz va fikr-mulohazalaringizga ulkan ahamiyat qarataman.
Shu kunlarda Siz, Janobi Oliylari - O‘zbekistonning atoqli farzandiga eng ezgu tilaklar bildirib, Sizga Yaratganning rahmat va marhamatlari yog‘ilishini, Alloh taolo muvaffaqiyatlaringizni ziyoda qilishini, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman.» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi