Foto: Telegram/Ekologuz
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning uyidan ikki bosh Buxoro qo‘yi va bo‘ri olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
«Joyilma» mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi uyida Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi saqlanayotganini xabar qilgan.
Bundan tashqari, tumanning Xushchekka mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarodan olingan.
Ularning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida jonivorlar belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi