Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkemar 7 yillik davolanishdan so‘ng tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi

Samarqand viloyatida Qizil kitobga kiritilgan yaralangan bo'z echkemar yetti yillik parvarish va davolanishdan so'ng tabiat bag'riga qo'yib yuborildi. Bir necha yil oldin Nurobod cho'lida yosh va jarohatlangan holda topilgan bu noyob jonivor maxsus reabilitatsiya markaziga olib ketilgan edi.
Samarqand viloyatida yaralangan holda topilgan noyob bo‘z echkemar yetti yil davomida parvarish qilinib, yana tabiat qo‘yniga qaytarildi. Ushbu jonivor Qizil kitobga kiritilgan turlardan biri hisoblanadi.
Echkemar bir necha yil oldin Nurobod cho‘lida hali yosh va jarohatlangan holda aniqlangan. Uning yashab ketishi uchun maxsus yordam zarur bo‘lgani sabab reabilitatsiya markaziga olib ketilgan.
Mutaxassislar jonivorni uzoq vaqt davolab, oziqlanishi va harakatlanishini doimiy nazorat qilgan. Tekshiruvlardan keyin uning sog‘lig‘i tiklangani va mustaqil yashay olishi ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng bo‘z echkemar Nurobod tumanidagi Qarnob cho‘liga qo‘yib yuborildi. Bu hudud uning tabiiy yashash muhiti sanaladi.































Izohlar 0
…