O‘zbekistondagi Makro supermarketlar tarmog‘i karantin vaqtida eng talabgir va ommabop bo‘lmagan tovarlar haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi The Mag nashri.
Bunda mamlakatda koronavirus aniqlangunigacha bo‘lgan holat (4—14 mart) va virus tarqala boshlaganidan keyingi davr (15—25 mart) o‘zaro taqqoslangan.
Birinchi navbatda chechevitsa (yasmiq)ga bo‘lgan talab 248 foizga oshgan. Undan keyingi o‘rinni no‘xat (225 foiz) va bug‘doy uni (191 foiz) egallagan. Dastlabki o‘ntalikdan, shuningdek, dukkakli o‘simliklar (174 foiz), kartoshka (150 foiz), makaronlar (145 foiz), guruch (143 foiz) hamda o‘simlik yog‘i (129 foiz) o‘rin olgan.
Inqirozli vaziyatlarda doim talab yuqori bo‘ladigan grechka esa beshinchi pog‘onadan joy olgan — 156 foiz.
Nooziq-ovqat tovarlaridan esa eng ko‘p qo‘lqoplarga (184 foiz), qog‘oz sochiqlarga (166 foiz), namlantirilgan salfetkalar (118 foiz), sovun (106 foiz) va shamlarga (81 foiz) bo‘lgan talab oshgan. Hojatxona qog‘oziga bo‘lgan talab esa 90 foizga oshgani aytilmoqda.
Koronavirus tovarlarga bo‘lgan talabning ortishi bilan birga, bir qator mahsulotlar xaridining susayishiga ham olib kelgan. Bunga ko‘pchilikning uy karantiniga o‘tgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Asosan tortlarga (-48 foiz), shokolad (-44 foiz), salatlar (-36 foiz), konfetlar (-28 foiz), pirojniye (-24 foiz) va somsaga (-22 foiz) bo‘lgan talab tushib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”