4 997
Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmadi
O‘zbekistonda koronavirusdan birinchi o‘lim 27 mart kuni tongda Namangan viloyatida qayd etildi — koronavirusni qizidan yuqtirgan 72 yoshli onaxon, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, miokard infarkti tufayli vafot etgan.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 27 mart kuni viloyat aholisiga qilgan telemurojaatida onaxonning dafn marosimida uning birorta ham qarindoshi ishtirok etmaganini ma’lum qildi — onaxonning barcha oila a’zolari karantinga olingan.
«Mana shu holatning eng og‘ir, achinarli, hech qachon esdan chiqmaydigan tomoni ham bo‘ldi. Onaxonning butun oilasi karantinga olindi. Vafot etgan onaxonning janozasida, dafn marosimida birorta ham oila a’zolari, birorta ham yaqinlari ishtirok etgani yo‘q.
Janoza ham, dafn marosimi ham maxsus sanitariya-epidemiologik stansiyasi xodimlari, shifokorlar tomonidan o‘tkazilib, qabristonda dafn marosimi o‘tkazib kelindi... Shaxsan menga bu holat juda ham og‘ir botdi[i][/i]», — dedi viloyat hokimi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 29 martga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat aniqlangan bo‘lsa, ularning oltitasi Namangan viloyatida qayd etilgan. Bemorlarning to‘rt nafari vafot etgan 72 yoshli onaxonning qarindoshlaridir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin