Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya shu yilning 12 martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan asli navoiylik 2 nafar kishida, ya’ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi», deyiladi vazirlik ma’lumotida.
O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgandi. O‘tgan vaqt mobaynida bemorlarning 7 nafari sog‘aydi, 2 kishi vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilmoqda. 8 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 4 nafarining ahvoli nisbatan og‘irligi ma’lum qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanishning 785,8 mingdan oshiq holati qayd etilgan, shundan 37 820 kishi vafot etgan, 165,6 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi