date
views 2 274

Andijonda maxsus ruxsatnomalarni soxtalashtirgan shaxslar ushlandi

Andijonda maxsus ruxsatnomalarni soxtalashtirgan shaxslar ushlandi
Foto: Andijon IIB
Andijon viloyatida transport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalarni soxtalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar beradi «Daryo».

Andijon IIBga mazkur jinoyat ishi soxta hujjatlar tayyorlagani uchun muqaddam sudlangan fuqaro A.Sh. tomonidan amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan.
Shunga asosan Oltinko‘l IIB hamda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.Sh. yaqin qarindoshi A.Z. bilan bir guruh bo‘lib, Andijon shahri, Chinobod ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini rangli printer yordamida tayyorlab, 100 ming so‘m evaziga tanishi A.U. ga berganligi, A.U. esa ushbu hujjatdan foydalangan holda o‘ziga tegishli Damas rusumli avtomashinada shahar bo‘ylab harakatlanib yurganligi aniqlangan.

Foto: Andijon IIB
Shuningdek, A.Sh.ning uyidan soxta 7 dona «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnoma, eski turdagi haydovchilik guvohnomalari va talonlari, notarius tomonidan berilgan ishonchnomalar topilgan va bayonnoma orqali ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan A.Sh va A.Z.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik) 228-moddasi 2-qismining «b» (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda maxsus ruxsatnomalarni soxtalashtirgan shaxslar ushlandi