
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 6 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 187tani tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 12 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 173 bemor davolanmoqda.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi Virusologiya instituti klinikasida davolanayotgan 90 nafar bemordan 23 nafarida pnevmoneniya holati tasdiqlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, besh nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan ikki nafarining ahvoli nisbatan og‘irroq deb baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar