Illustrativ foto
Shahrisabzda turmush o‘rtog‘ini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shu yilning 1 aprel kuni kunduz soat 12:00lar chamasida shaharning Teparlik mahallasida yashovchi qirq olti yoshli U.Q. turmush o‘rtog‘i G.S. (1981 y.t.) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib ketadi. Buning oqibatida er avval ayolini stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab tashlaydi. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘yin sohasidan o‘tkazib (bo‘g‘ib) qasddan o‘ldiradi.
Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan «qasddan odam o‘ldirish» (JK, 97-modda 1-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi