date
views 4 193

Pandemiya bo'lishiga qaramay, O'zbekistonni tark etishni istamagan amerikalikning hikoyasi

Pandemiya bo'lishiga qaramay, O'zbekistonni tark etishni istamagan amerikalikning hikoyasi

O‘zbekistonda yashash hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqargan bir paytda, men bugun butun dunyoga mening o‘zbekistonlik do‘stlarim hayotimni qanday o‘zgartirganligi haqida aytib bermoqchiman.

Ikki hafta oldin elchixona mendan Amerikaga evakuatsiya reysini amalga oshirishlarini aytdi. Sayohat qilish xavfli, virusni yuqtirish xavfini oshirishini bilsamda, bu men boshdan kechirganlarim bilan solishtirilganda hech narsa emas edi. Men haqiqiy do‘stlarimni qoldirib ketishni istamadim va AQSH elchixonasining xavotirlariga qaramay, O‘zbekistonda qolishga qaror qildim.

Mening o‘zbekistonlik do‘stlarim menga Amerikada shu vaqtga qadar ko‘rmagan rahm-shafqat, yaxshilik va saxovat kabi fazilatlarni ko‘rsatishdi. Karantindan bir necha kun oldin, do‘stlarim menga saqlash uchun juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelishdi va karantin paytida ular telefon qo‘ng‘iroqlari, Telegram ilovasi va WhatsApp'dagi video qo‘ng‘iroqlar yordamida men bilan aloqada bo‘lishdi. Ushbu karantin kunlarida aloqada bo‘lish ruhiy salomatlik uchun juda muhimdir va men o‘zbekistonlik do‘stlarimning menga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini juda qadrlayman.

Agar Amerikaga qaytib ketsam, do‘stlarim menga xayrixohlik va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishmasligini bilardim, shuning uchun men O‘zbekistonda qoldim. O‘zbeklar dunyodagi, ayniqsa mehmonlar va chet elliklarga nisbatan eng saxiy, qo‘li ochiq odamlardan biri. Shuning uchun men ko‘proq amerikaliklarning O‘zbekiston va o‘zbek madaniyati haqida bilishini istayman.

Men o‘zbek xalqiga, ayniqsa, mening o‘zbek do‘stlarim Kamron S., Javlon N. va Eller S.larga rahmat aytmoqchiman. Men qilgan ishlaringiz uchun sizlardan minnatdorman, umrbod do‘st bo‘lamiz degan umiddaman. Menga dunyoni yangidan kashf ettirganingiz uchun rahmat.

Karantin davrining qolgan qismi uchun barchaga eslatib o‘tmoqchiman, iltimos do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling. Bu dunyoda juda qiyin payt va do‘stlaringizni qo‘llab-quvvatlash har doim muhim.

Hurmat bilan,
Rayan Maykl Shveytser
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiya bo'lishiga qaramay, O'zbekistonni tark etishni istamagan amerikalikning hikoyasi