Saytdan skrinshot
COVID-19 bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?
Ushbu savollarga javob berish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (https://coronavirus.uz)da UZINFOCOM yagona integrator hamkorligida yangi funksiya yaratildi.
Ya’ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.
Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida «Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti» tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
«Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!» – deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?