
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 241tani tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda - 2-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 60 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar