18:40 / 06.04.2020
3 237

MIB: xoh elektron, xoh plastik, xoh naqd to‘lang...

MIB: xoh elektron, xoh plastik, xoh naqd to‘lang...
Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish, uydan uzoqda bo‘lmagan masofada xaridlarni amalga oshirishlari uchun joylarda ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Jumladan Toshkent viloyatining 22 ta tuman–shaharlarida ham shu kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham iste’molchilarga kommunal to‘lovlarni amalga oshirishlarida qulaylik yaratish uchun bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ulardan biri masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi, ya’ni @mibuzbot sahifasini ishga tushirib, bu orqali iste’molchilarga qarzorliklarini aniqlash hamda to‘lovlarni mazkur bot yordamida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Xozirda joylarda ushbu dastur imkoniyatlari keng targ‘ib qilinib va undan foydalanish uchun qo‘llanmalar iste’molchilarga yetkazilmoqda.
Shu bilan birga, aholining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, yuqorida ta’kidlangan savdo yarmarkalarida ham MIB Toshkent viloyati boshqarmasining tuman-shahar bo‘limlari tomonidan sayyor kassalar tashkil etilib, xarid uchun kelgan fuqarolar shu joyni o‘zida kommunal to‘lovlarni amalga oshirmoqdalar.
Hozirda viloyatning deyarli barcha tuman va shaharlaridagi savdo yarmarkalarida MIB bo‘limlarining sayyor kassalari tashkil etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: xoh elektron, xoh plastik, xoh naqd to‘lang...