
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 7 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 472 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda dastlabki bemor bundan 3 hafta oldin – 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi, 6 aprel kuni jami 115 kishida kasallik aniqlandi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 2 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar