Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Avvalroq Turkiya orqali Umra safariga borib kelgan ayol bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo‘lgan 48 kishida infeksiya aniqlangani xabar qilingandi. Ulardan biri — ayolning 72 yoshli onasi vafot etgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, kasallikka chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq — ayolning nabirasi ham bor. Chaqaloqning onasi topshirgan tahlil natijalari esa infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolning qarindoshlaridan tashqari, qo‘shnining ikki nafar farzandi ham virus yuqtirib olgan. Ular 19 mart kuni Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida o‘tkazilgan to‘yda kuyovjo‘ra sifatida qatnashadi. Oqibatda to‘y egalari va to‘yga kelgan mehmonlardan 13 nafariga virus yuqishiga sababchi bo‘ladi.
Namanganda bugungi kungacha 51 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 35 nafari ayollar, 16 nafari erkaklardir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi