06:47 / 08.04.2020
2 969

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 520taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 520taga yetdi
7 aprel kungi yakuniy holatga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 520tani tashkil etmoqda, deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 7 aprelda jami 63ta yangi holat qayd etildi.

Jami 520ta holatning yarmidan ko‘pi – 293tasi so‘nggi to‘rt kun ichida aniqlandi.
Ayni paytgacha 30 kishi sog‘aydi. Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol (27 mart) va Toshkentda yashagan 39 yoshli erkak (28 mart).

Tashqi ishlar vazirligi 7 aprel kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, dunyoning 9 mamlakatida 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus tashxisi qo‘yilgan, ulardan 3 nafari vafot etgan. Uchala holat ham Nyu-York shahrida kuzatildi.

Samarqand va Jizzaxda ham virus aniqlandi, Buxoroda bemorlar soni keskin oshib ketdi

Toshkent vaqti bilan 8 aprelga o‘tar kechasi holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1 mln 400 mingdan oshdi. 300 mingdan ko‘proq bemor tuzaldi. Virus 80 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketdi.

Bemorlarning 390 mingdan ortig‘i AQSHda – 21 mingdan ziyod kishi sog‘aygan, 12 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi. Ispaniyada 140 ming aholi virus yuqtirib oldi, ulardan 43 ming kishi tuzalib, 13 mingdan ortig‘i vafot etdi. Italiyada 135 mingga yaqin bemorning 24 mingdan ortig‘i sog‘aydi, qurbonlar soni 17 mingdan ziyod.

Rossiyada – jami holatlar 7500ga yaqinlashmoqda (494 kishi sog‘aydi, 58 kishi vafot etdi). Qozog‘istonda – jami holatlar 697ta (51 kishi sog‘aydi, 6 kishi vafot etdi). Qirg‘izistonda – jami holatlar 228ta (33 kishi sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi). Afg‘onistonda – jami holatlar 423ta (18 kishi sog‘aydi, 14 kishi vafot etdi).

Dunyo miqyosida virus yuqtirib olganlarning o‘rtacha 5,7 foizi vafot etmoqda. Bu – ikki kun oldingi ko‘rsatkichdan 0,3 foizga yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 520taga yetdi