Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Buxoro viloyatida 7 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 19 nafardan 84 nafarga oshib ketgani haqidagi xabar bo‘yicha izoh berdi.
«Buxoro viloyatiga uchta davlatdan hamyurtlarimiz charter reyslar orqali olib kelingan. Dastlab, Koreya davlatidan 239 nafar fuqaro olib kelingan.
Mana shu 239 kishi Turkiyadagi Istanbul aeroportida 8 soat davomida hech qanaqa himoya vositasiz qolib ketgan. Fuqarolar o‘z himoyasiga yetarlicha e’tibor berishmagan. O‘zbekistonga kelganlaridan so‘ng tekshiruvlar natijasida ularning 66 nafarida kasallik aniqlangan.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatiga Rossiya Federatsiyasidan ham 2ta reysda 530 nafar fuqaro olib kelingan. Ular orasida ham koronavirusga chalinganlar bor. Ular 2 kundan 5 kungacha hech qanaqa himoya vositalarisiz bitta joyda yashashgan. Ular epidemiologik noxush hududda bo‘lganlari holda o‘zlarini himoya qilishmagan», deya ma’lumot berdi Nurmat Otabekov.
Ayni paytda ham virusdan zararlanganlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
«Unutmaslik lozimki, karantin belgilangan 14 kunning birinchi yoki o‘n to‘rtinchi kuni ham kasallik aniqlanishi mumkin. Shuning uchun karantin qoidalariga qat’iy amal qilish muhim», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni bu viloyatda bemorlar soni 19 nafar edi, 7 aprelga kelib bemorlar soni keskin o‘sishi kuzatilgan va ularning soni 84 nafarga yetgani xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)