
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 27 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 9 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 99 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 7 nafarining ahvoli og‘ir. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 88 nafar bemorning 3 nafari ahvoli o‘rta og‘ir, deb baholanyapti.
O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar