
Bugun AOKA shtabida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Nega ichki YPX postlari tashkil etildi? Nima uchun ko‘chada militsiya, Milliy gvardiya, DAN xodimi odamlarni to‘xtatib, avtobusga olib kirishyapti?
— Maxsus komissiyaning 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayonida fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda "o‘zini yakkalash" hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida bo‘lishi — ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi belgilab berildi.
Toshkent shahrida 55 ta asosiy ko‘chalarda va 6 ta maxsus yo‘nalishda 1096 nafar o‘zgarmas shaxsiy tarkibdan va 171 ta maxsus texnikadan iborat, jami 61 ta "Madad" guruhlari tashkil etildi.
Karantin tadbirlarini ta’minlashni yanada kuchaytirish, mahallalar ichki ko‘chalarida fuqarolarning bemaqsad yurishlarining oldini olish, "o‘zini yakkalash" hayot tarzini amalda tatbiq etish maqsadida:
514 ta mahallada 2483 nafar xodimlardan iborat 778 ta "Jamoatchilik nazorati maskan"lari tashkil etildi.
Toshkent shahri hududida bemaqsad yurgan, o‘rnatilgan cheklovlarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rishlikni ta’minlash maqsadida, 18 ta maxsus avtobuslarda, 108 nafar shaxsiy tartibda iborat "To‘siq" guruhlari tashkil etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar