date
views 2 809

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 900ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 900ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 31 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni qayd etilgandi. 11-12 aprel kunlari bemorlar soni 98 nafardan o‘sdi. Shu vaqtgacha 66 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 900ga yaqinlashdi