16:06 / 13.04.2020
2 038

DSQ tortishuvlarga sabab bo‘lgan qaror loyihasini takomillashtiradi

DSQ tortishuvlarga sabab bo‘lgan qaror loyihasini takomillashtiradi
Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) bank kartalaridagi pul mablag‘lari haqida elektron tarzda ma’lumot olishini ko‘zda tutuvchi Nizomni qayta ko‘rib chiqishini e’lon qildi.
Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) va Markaziy banki boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamasida ishtirok etgan jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Sizlarning taklif va e’tirozlaringiz mazkur hujjatni takomillashtirishda e’tiborga olinadi», - deyiladi DSQ matbuot xizmati bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni bu qarorning loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi.

Shundan so‘ng, loyihaning bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln so‘mdan, shuningdek transaksiyalar soni 10tadan oshgan P2P (kartadan kartaga pul o‘tkazish) operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ banklardan elektron tarzda olishi haqidagi bandi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DSQ tortishuvlarga sabab bo‘lgan qaror loyihasini takomillashtiradi