Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akbarxon Yunusxo‘jayev vaqtinchalik propiska muddati karantin tufayli uzaytirilishi va fuqarolar javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi.
«Respublikada koronovirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin joriy qilingani munosabati bilan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan. Karantin davrida vaqtinchalik ro‘yxat muddati tugaganligi pasport tizimi qoidalarini buzganlik, deb hisoblanmaydi va fuqarolar javobgarlikka tortilmaydilar.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ko‘chmas mulk sotib olish (doimiy propiskasiz) tartibi bo‘yicha savol ham kelib tushgan. Ayni vaqtda karantin sababli notarial idoralari hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilgan va karantin tugaganidan so‘ng murojaat etish mumkin.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va amaldagi pasport muddati tugagan fuqarolarga ham biometrik pasport karantindan so‘ng rasmiylashtirilishini ma’lum qilamiz», - deydi Yunusxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi