date
views 2 616

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 61 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1275 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati aniqlandi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin o‘sa boshladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord natija qayd etildi 167ta yangi holat.

Shu vaqtgacha 99 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300ga yaqinlashdi