Foto: «Gubdaily.ru»
Turli og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarda infeksiyalar, xususan, koronvirusni yuqtirib olish ehtimoli nihoyatda katta bo‘ladi, deyishmoqda shifokorlar.
Terapevt va pulmonolog, professor Aleksandra Karabinenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar og‘iz bo‘shlig‘ida muammo, ya’ni kariyes, shilliq qavat yallig‘lanishi bo‘lsa, organizmga viruslar yuqish xavfi ortadi.
«Stomatit barcha infeksiyalar uchun kirish eshigi hisoblanadi», — deya ta’kidlaydi shifokor.
Surunkali og‘iz yallig‘lanishidan qiynalayotgan odamlarning ham COVID-19 ga chalinish xavfi bor, deydi laborator diagnostika klinikasi shifokori Olga Malinovskaya. Uning izohlashicha, bunday odamning immuniteti nihoyatda zaif bo‘ladi, shu tufayli infeksiya xohlagan vaqtda organizmga hujum qilib qolishi hech gap emas.
Malinovskayaning fikricha, og‘iz bo‘shlig‘i va tish bilan bog‘liq muammolarni anglab yetish odamlarni o‘zini ehtiyot qilishga va salomatligiga xavf solayotgan xavfli omillarni vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi