date
views 4 972

Qurolini reklama qilgan yana bir “blatnoy” 12 sutkaga qamaldi

Qurolini reklama qilgan yana bir “blatnoy” 12 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Kaptiva" rusumli avtomobilida bir shaxsning qo‘liga to‘pponcha ushlagani aks etgan video keng tarqaldi. Bu videoga tarmoqlarda “yana bitta qurol ko‘targan "blatnoy" qo‘rqmasdan MR 654K pistoletini reklama qilib, otib ham ko‘rsatib bermoqda” degan izohlar berildi.

Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi Orif Pardayev ma’lum qilishicha, bugun, 16 aprel kuni shahar ma’muriy sudi tomonidan qurol ko‘targan mazkur shaxs ustidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasi bilan ma’muriy ish ko‘rildi.

Aniqlanishicha, u samarqandlik Al-Bakri Rustam bo‘lib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 34-moddasiga asosan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval "Kaptiva"da avtomat ko‘tarib ketayotgan o‘zbekistonlik bir yigitning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay, u deputatning o‘g‘li ekani, London shahrida o‘qishi, videodagi qo‘lida ko‘tarib olgan avtomat esa yog‘ochdan yasalgani ma’lum bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurolini reklama qilgan yana bir “blatnoy” 12 sutkaga qamaldi