
Bugun, 17 aprel kuni xitoylik mutaxassislar guruhi O‘zbekistonga yo‘l oldi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi.
Avvalroq, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xitoylik shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi haqida gapirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaga bevosita prezident e’tibor qaratgan. Bosh vazir muzokaralar olib borgan.
“Maxsus samolyotda xitoylik mutaxassislar olib kelinib, davolanish usullarini ko‘rib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish mo‘ljallangan”, - degandi Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar