Toshkent IIBB koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday bemorlar soni jami 42 nafar bo‘lgan, juma kuni ertalabga kelib esa 19 nafarni tashkil etgan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Oldinroq Davlat bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov poytaxtda 48 nafar koronavirus bemori qanday qilib virusni yuqtirganligi noma’lum ekanligini aytgan edi. IIBBning qayd etishicha, ushbu ma’lumot to‘g‘ri emas. Ulardagi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan jami 42 ta holat qayd etilgan, lekin 17 aprel kuni soat 8:00 da bunday bemorlar soni 19 nafarni tashkil etgan. Surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanayotgan maxsus guruh 23 nafar bemorning qanday qilib infeksiyani yuqtirganligini aniqlagan.
«Ushbu ishlar kecha-kunduz davom etmoqda, vaziyat har soatda o‘zgarmoqda. Ertaga ushbu raqamlar o‘zgarishi kerak», — deya ta’kidlagan IIBB. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi