date
views 2 147

Karantin: hayriya tadbirlari Paxtakor tuman MIBda ham olib borilmoqda

Karantin: hayriya tadbirlari Paxtakor tuman MIBda ham olib borilmoqda
Majburiy ijro byurosi tomonidan mamlakatda koronavirus epidemiyasi keng tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda karantin holati joriy etilganligi sababli “aholini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish” maqsadida bugungi kunda bir qator savob ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad sinovli kunlarda xalqimizni qo‘llab-quvvatlashdir.

Jumladan, olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari natijasida tumanda faoliyat olib boruvchi “Paxtakor paxta tozalash” AJ o‘z hisob raqamidan Byuroning Paxtakor tuman bo‘limi depozit hisob raqamiga aholini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida, Byuro tuman bo‘limining ish yurituvida bo‘lgan, hozirda qarzdorlikni to‘lash imkoniyati cheklangan qarzdor fuqarolarning qarzdorligini qoplash uchun 15 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘tkazib berdi.

Mazkur 15 mln. so‘m miqdoridagi pullar to‘lashni imkonini topa olmagan fuqarolarning qarzdorligini qoplash uchun Byuro tomonidan yo‘naltirib berildi hamda buning natijasida jami 170 ta ijro hujjatlari ish yurituvdan tamomlandi. Bu kabi amaliy ishlar davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin: hayriya tadbirlari Paxtakor tuman MIBda ham olib borilmoqda