
Bog‘otlik B. Karim (ismi-sharifi o‘zgartirilgan)ning kasbi qassob. U o‘z hunaridan foydalanib, 2018 yilning avgust oyida shu tumanda yashovchi Q. Rahimovning 2 bosh qoramolini 15.000.000 so‘mga kelishib, pulini o‘n kunda berishini aytadi. Karimning so‘zlariga ishongan Quronboy o‘ylab o‘tirmay qoramollarini unga berib yuboradi, ammo...
Shundan so‘ng qassob Bog‘iston mahallasida yashovchi G‘.Boboshevning uyiga borib, uning ikki bosh qoramolini 10.620.000 so‘mga, Ashxobod mahallasida yashovchi J.Ro‘zmetovning to‘rt bosh qoramolini 33.696.000 so‘mga, Bo‘ka mahallasida yashovchi O.Madaminovning bir bosh qoramolini 8.575.000 so‘mga, Bog‘zor mahallasida yashovchi S.Qo‘chqorovning bir bosh qoramolini 9.921.000 so‘mga nasiyaga olib ketadi. Nafsi o‘pqonga aylangan qassob shu bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolar G‘.Matniyozov, X.Yusupov, O.Sotiboldiyev, R.Matniyozov, J.Ro‘ziboyev, F.Egamberdiyev, Z.Avezovalarni ham chuv tushiradi.
Xullas, haromdan hazar qilmaydigan bu kimsa ikki yil davomida sodda, ishonuvchan fuqarolarni aldab, ularning jami bahosi 154 million 626 ming so‘mlik qoramollarini qo‘lga kiritib, hech nima bo‘lmagandek yuraveradi. Pulini olmoqchi bo‘lgan jabrlanuvchilar unga yalinib-yolvorishadi, insofga kelishini kutishadi. Ammo u har kuni turli bahonalarni ro‘kach qilib, aldab yuraveradi. Toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchilar oxiri aldanib qolishganini anglab yetishadi va tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi firibgarlik bilan shug‘ullanib, o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritgan B. Karimga nisbatan odilona hukm chiqardi.
Akbar AMINOV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi raisi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi raisi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar