2 669
Yangi o‘quv yilidan boshlab 4 ta OTMda masofaviy ta’lim amaliyoti joriy etilishi mumkin
Foto: »Daryo»
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahrirdagi loyihasidan masofaviy ta’lim shaklini yo‘lga qo‘yish tartibi ham joy olgan. Bu haqda 17 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimovaning ta’kidlashicha, 2020 yil davlat dasturida yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatdagi ayrim oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim berish tizimini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim olish shakllari belgilangan bo‘lib, masofaviy ta’lim shakli ushbu qonun hujjatida ko‘zda tutilmagan edi.
Ammo yurtimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida olib borilayotgan ijobiy islohotlar tufayli O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlangan va tegishli manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Ayni paytda ikkinchi o‘qishga tayyorgarlik jarayonida qo‘mitalar tomonidan muhokama qilinmoqda. Mazkur qonun loyihasida masofaviy ta’lim shaklida ta’lim olib borish ham kiritilgan.
Shuningdek, 2020 yil davlat dasturida ham yangi o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi 4 ta oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim shaklida ta’limni tashkil etish rejalashtirilgan», — dedi Feruza Madrahimova.
Inspeksiya vakilining aytishicha, yuqorida ta’kidlangan qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng O‘zbekistonda ham masofaviy ta’lim berishning normativ-huquqiy bazasi yaratiladi. Masofaviy ta’lim berish amaliyoti joriy etilgach, respublikada amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shakli bo‘lganligi uchun masofaviy ta’lim orqali o‘qib olingan hujjatlar belgilangan tartibda tan olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi