12:43 / 20.04.2020
3 030

Koronavirusdan zararlanish holatlari soni o‘zgarmadi

Koronavirusdan zararlanish holatlari soni o‘zgarmadi
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 20 aprel kuni soat 10:05 da «O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan chiqishida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1565 nafar holida saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Toshkentdagi uchta tibbiyot muassasasida 371 kishi davolanmoqda, ulardan 78 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud.

Jumladan, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 94 bemor davolanmoqda, ularning 24 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 83 nafar bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 194 bemordan 54 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 5 nafarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Nurmatovning ma’lum qilishicha, 19 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus uchun 11,8 mingta test o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.
19 aprel kuni zararlanish holatlari soni 75taga oshgan va 1565taga yetgandi. Shu vaqtgacha 225 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan zararlanish holatlari soni o‘zgarmadi