
U ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. TЕAM University MCHJ muassis sanaladi. Uning asosiy vazifalaridan biri tadbirkorlik, boshqaruv va boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.
Norma’ning yozishicha, universitet yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi. Xususan, oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish uchun muassis Times Higher Education va Quacquarelli Symonds versiyasi bo‘yicha TOP–1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlari bilan bitimlar tuzadi.
Ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda ta’lim beriladi. Raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-o‘qitish, blended learning hamda boshqa zamonaviy uslubiyat va yondashuvlardan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida dars o‘tiladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziyasini olgach, Universitet 2020/2021 o‘quv yilida ilk talabalari uchun eshiklarini ochadi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa resurslar hisobiga amalga oshiriladi.
TЕAM universiteti Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy manzilida joylashtiriladi. Muassis tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish rejalariga muvofiq kelgusida boshqa viloyatlarda uning filiallari (MCHJ shaklida) ochilishi mumkin.
Hujjat 18.04.2020 yildan kuchga kirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar