
AOKA huzuridagi shtabda Markaziy bank departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda bir qancha savollarga javob berildi.
Savol: "Karantin tufayli vaqtincha uydaman. Ro‘zg‘or tebratish uchun mablag‘im yetarli emas. Uydan turib onlayn tarzda mikroqarz olishim mumkinmi?"
— Agar mijozlarda kreditga ehtiyoj paydo bo‘lgan taqdirda, ular tegishli banklar mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarzlar va kredit kartalari kabi bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hozirgi kunda (doimiy ish haqiga ega bo‘lgan) jismoniy shaxslar tijorat banklarining mobil ilova dasturlaridan foydalangan holda, bank kartalari orqali onlayn mikroqarz olish imkoniyatiga ega. Ushbu xizmat turlari 11 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilmoqda.
Mazkur xizmat turlari va ularning shartlari bilan banklarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda mobil ilovalari orqali axborot olish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar