2020 yil 22 aprel kuni Shahrisabz shahar ma’muriy sudi binosida 1987-yilda tug‘ilgan M.Suyarovning xatti-harakati yuzasidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nasafnews” manbasi xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 22 aprel kuni soat 11:00 lar atrofida Shahrisabz shahar, “Do‘stlik” mahallasi hududida M.Suyarov "Matiz" rusumli “70/U 162 KA” davlat raqamli avtomashinasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan.
Shu yerda xizmat vazifasini bajarib turgan profilaktika inspektori J.Turdiyevga hujjatlarini taqdim qilmasdan uni o‘z avtomashinasida 50 metr masofagacha tortib ketgan.
IIB xodimi M.Suyarovning xatti-harakati yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Aniqlanishicha, M. Suyarov karantin qoidalariga amal qilmay, belgilangan tartib qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Bu ham yetmagandek, undan hujjatlarni so‘ragan J. Turdiyevni mashina eshiklarini yopmay sudrab qochib ketishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan huquqbuzarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"