1. "Eslash..."
- Bitta savol bersam maylimi?
- Mayli.
- Ayrilgan vaqtlarimizda meni eslab turdizmi?
- Unchalikmas, eslamadim...
- Rostdan eslamadizmi?
- Rostdan eslamadim.
- Bir marta hammi?
- Bir marta ham
- Hm... sad
- Nega qovog‘ingni solasan, axir eslash uchun avval esdan chiqarish kerak. Seni esdan chiqarib bo‘larkanmi, jinnivoy. Boshqa bu savolni berma...
––––––––––––––––––––––––––––
2. "Javob..."
- Katta bo‘lgach kim bölishni xohlaysan?
- Baxtli bo‘lishni xohlayman!
- Yo‘q, sen savolni tushunmading...
- Yo‘q, siz javobni tushunmadiz!
––––––––––––––––––––––––––––
3. "O‘zgarish..."
- Allo!
- ...
- Allo!
- ... Salom, azizam...
- ...
- Qalaysan? Sog‘lig‘ing yaxshimi? Seni juda sog‘indim.
-Unda nega qo‘ng‘iroq qilmadiz? Men sizni kutdim...
- Meni kechir. Men
baxtimdan qochdim.
Mas’uliyatsizligimdan ko‘p qiynaldim. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qo‘l ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutardim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyatlar qilardik...
- ... cry
- Yig‘lama, azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki mendan ko‘ngling qoldimi?
- Yo‘o‘o‘q. . .
- Mendan xafamisan, ketganim uchun?
- Yo‘o‘o‘q. . .
- Meni endi sevmay
qo‘ydingmi?
- Yo‘q unday emas.
- Unda kel, o‘z baxtli hayotimizni quramiz. Endi seni hech qachon tashlab ketmayman.
-Iltimooos. . .
- Doim yoningda bo‘laman, Hayotim...
- Meni eshiting!
- Senga faqat baxtli
onlarni taqdim etaman. Iltimos, faqat yo‘q dema. . . !
- Ilojim yo‘q meni.
- Nega?
- Endi kech!
- Nima uchun?
- Hammasi o‘zgardi...
- Nima? Yarim yilda nima o‘zgardi?
- Men turmushga chiqdim...
- ...
––––––––––––––––––––––––––––
4. "Qo‘ng‘iroq..."
- Allo...
- Allo... Bu menman...
- Ha oyi, tinchlikmi?
- Tinchlik, o‘zing yaxshimisan?
- Oyi, shuni so‘rash uchun telefon qilyapsizmi, soat necha bo‘lganini bilasizmi?
- Bilaman bolam, 3 bo‘ldi...
- Bilsangiz, yarim kechasi telefon qilib, bezovta qilishingiz shartmidi? Ertalab gaplashsak ham bo‘lardiku!
(Ona ko‘zi yoshga to‘lib javob berdi:)
- Bundan roppa-rosa 30 yil oldin shu soatda sen ham meni bezovta qilganding. Tug‘ilgan kuning bilan
bolajonim...
––––––––––––––––––––––––––––
5. "O‘xshashlik..."
- Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham o‘xsharkansiz?
- Yo‘g‘e?
- Ha...
- Nechta farzandingiz bor o‘zi?
- Hozircha, bitta ham emas... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev: “Jirona”ni tanlayman...
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Messining o‘yinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
100 nafar falastinlik vaqtincha Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Putin MDH yetakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?