Namangan viloyatida 17 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, shifo topganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollar. Bemorlarning barchasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan shahridan, 5 – Uychi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqo‘rg‘on tumanidan). Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda.
Namangan viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 72 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1229 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi