16:00 / 02.05.2020
2 221

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda 13 nafar bemor tuzaldi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda 13 nafar bemor tuzaldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular respublika va viloyat sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘iston (7 nafari Nukus shahridan, 1 nafari Mo‘ynoq tumani)dan bo‘lib, ularning hammasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 62 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning 1 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan., qolgan ikki nafar fuqaro esa Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikki nafari ham Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 138 nafarga yetdi.

Andijonda sog‘ayganlarning 1 nafari Andijon shahridan bo‘lib, 45 yoshda, yana 1 nafari Oltinko‘l tumanidan bo‘lib, 43 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 109 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 111 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1255 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda 13 nafar bemor tuzaldi