2 291
Shavkat Mirziyoyev: Jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga minnatdorchiligimni izhor etaman
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor avvalida O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Albatta, Buxoro va Sirdaryodagi ofatlar — Yaratganning bizga yuborgan sinovi. Bunga sabr qilishimiz, qattiq mehnat bilan, birgalikda yorug‘ yuz bilan o‘tishimiz kerak. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, xalqimiz bu sinovlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaganini alohida ta’kidlamoqchiman.
Mana, oynai jahon orqali ko‘ryapsizlar, xalqimiz yanada birlashib, o‘zining mehr-oqibati, bag‘rikengligi, buyuk saxovatini har kuni, har daqiqada namoyon etmoqda. Buni Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridan ko‘chirilgan fuqarolarning 81 foizini Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari aholisi ixtiyoriy ravishda o‘z xonadonlariga joylashtirgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Boshqa viloyatlar, vazirlik, kompaniya va uyushmalar, aholimiz tomonidan qisqa vaqtda Buxoro va Sirdaryoga yordam berish uchun katta miqdordagi homiylik mablag‘lari o‘tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro‘zg‘or buyumlari yuborildi.
Fursatdan foydalanib, jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga yana bir bor o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Ishonchim komil, biz boshimizga tushgan bu og‘irliklarni ham xalqimiz bilan birgalikda, o‘zaro hamjihatlikda bir tan-u bir jon bo‘lib, albatta, yengib o‘tamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi