15:20 / 06.05.2020
2 302

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1556 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1556 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro, Samarqand va Toshkentda bemorlarning navbatdagi guruhlari sog‘aygani haqida xabar berdi. Bungacha Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 31 nafar bemorga javob berilgani ma’lum qilingandi.
Xususan, Buxoro viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 9 kishi kasallikdan to‘liq sog‘aygan.

Buxoroda sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol, eng kattasi 50 yoshda, eng kichigi 14 yosh. Ularning 4 nafari Buxorodan — kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan; 1 nafari Toshkentdan — u Rossiyadan charter reysda Buxoroga olib kelingan, karantinda koronavirus tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Buxoroda sog‘ayganlar soni 372 nafarga yetdi.

Samarqandda sog‘ayganlarning uchalasi (7 yosh, 31 yosh va 78 yosh) erkak bo‘lib, ular viloyatning Toyloq tumanidan, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 37 nafarga yetdi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari Rossiyadan charter reysda kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 2 nafari (73 yoshli hamda 40 yoshli ayollar) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari (29 yoshli erkak) esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 459 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 468 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 may soat 12:50 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 1556 nafarni tashkil etmoqda.

6 may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2217tani tashkil etmoqda – bemorlardan 651 nafari hozirda davolanishni davom ettirayotgan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1556 nafarga yetdi